4 731
18+: Jizzaxda YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi, uch fuqaro jonlantirish bo‘limida (foto, video)
2020 yil 2 iyul kuni soat 15:00larda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Oqtom MFY hududidan o‘tgan 4R-40 “G‘allaorol-O‘smat” yo‘lining 40-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 35 yoshli B.R. Nexia rusumli avtomashinani G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 37 yoshli O.X.ning boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda, Damas rusumli avtomashina yo‘lovchilari, 42 yoshli E.S., va 47 yoshli Sh.E. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Nexia rusumli avtomashina haydovchisi B.R., yo‘lovchisi, 28 yoshli F.A. va 15 yoshli B.N. G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, transport vositasini boshqarayotganingizda amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ga rioya qilishingizni so‘raymiz, o‘zingiz va boshqalarning hayotiga befarq bo‘lmang”, - deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi