19:43 / 05.07.2020
3 509

Tilga qarab jiddiy kasalliklarni aniqlash mumkin

Tilga qarab jiddiy kasalliklarni aniqlash mumkin
Foto: «Zen.yandex.ru»
Avstraliyalik stomatologlarning fikricha, tilning holatiga qarab kasalliklarni aniqlash mumkin, deb yozadi «Daily Mail».
Shifokorlarning ta’kidlashicha, kashandalar bilan aroqxo‘rlarning tilini ko‘pincha oq karash bosadi. Bunday holat, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi yomon bo‘lganda ham kuzatiladi. Faqat uni mustaqil bartaraf etish mumkin.

Agar tildagi karash ikki haftagacha ketmasa, tish do‘xtirlari shifokorga murojaat etishni maslahat berishadi. Bunday vaziyatda dog‘lar zamburug‘ yoki leykoplakiyaga ishora qiladi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasallanadi.

Bemorning tili qizarib ketganda va undagi retseptorlar yorqinlashib qolganda allergik reaksiya yoki organizmda folat kislotasi tanqisligiga ishora qilishi mumkin. Bunday holatda tomoq ham yallig‘langan bo‘lishi hech gap emas. Shu bois LOR yoki terapevtga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi: ehtimol, bu faringit yoki qizilcha kasalligi alomatidir.

O‘z navbatida, tildagi g‘uddachalar achchiq taom tufayli kelib chiqishi yoki gerpes virusiga ishora qilishi mumkin.
Stomatologlar til shishganda yoki ayrim joylari sezish qobiliyatini yo‘qotganda ham shifokorga murojaat qilishni maslahat berishadi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tilga qarab jiddiy kasalliklarni aniqlash mumkin