Sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyati hududida parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.
Tadbir davomida, “Toshkent-Sirdaryo” yo‘nalishida harakatlangan fuqaro N.D. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina o‘rnatilgan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro Sh.D. shartli xaridorga jami 842 dona, umumiy qiymati 41,3 million so‘mlik parfyumeriya vositalarini noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi