21:11 / 06.07.2020
2 567

Noqonuniy tarzda olib ketilayotgan parfyumeriya vositalari manzilga yetib bormadi

Noqonuniy tarzda olib ketilayotgan parfyumeriya vositalari manzilga yetib bormadi
Sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyati hududida parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Tadbir davomida, “Toshkent-Sirdaryo” yo‘nalishida harakatlangan fuqaro N.D. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina o‘rnatilgan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro Sh.D. shartli xaridorga jami 842 dona, umumiy qiymati 41,3 million so‘mlik parfyumeriya vositalarini noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy tarzda olib ketilayotgan parfyumeriya vositalari manzilga yetib bormadi