08:13 / 07.07.2020
2 887

O‘zbekistonda yangi Ai-80 luks markali benzin sotuvga chiqarildi

O‘zbekistonda yangi Ai-80 luks markali benzin sotuvga chiqarildi
Foto: Telegram
«O‘zbekneftgaz» AJning UNG Petro korxonasi UNG milliy brendi ostida aholiga sifatli neft maxsulotlarini yetkazib berishda yana bir qadam tashlab, benzin mahsulotining yangi markasini yaratish bo‘yicha amaliy ishlarni yakunlab, Ai-80 luks markali benzin ishlab chiqarishni boshladi.

UNG Petro MCHJ direktori M.Musayevning ta’kidlashicha, Ai-80 luks benzini avtomobil dvigatelining faoliyatiga, shuningdek, uning chiqindi gazini qayta ishlash tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hamda bir marta to‘la bak yoqilg‘i quyish natijasida 50 km gacha ko‘proq masofani bosib o‘tishni ta’minlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli AYOQSHlardan birida Ai-80 luks markasidagi benzinning 4500 so‘mdan sotilayotgani haqidagi suratlar tarqalgan.

Avvalroq Farg‘onada 2023 yildan boshlab Ai-92 benzin va «Yevro-5» standartidagi dizel ishlab chiqarilishi, O‘zbekistondagi har bir viloyatda iyul oyidan boshlab «Yevro-5» yoqilg‘isiga ega shoxobchalar paydo bo‘lishi rejalashtirilgani haqida xabarlar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yangi Ai-80 luks markali benzin sotuvga chiqarildi