3 568
Avtotransportlar bo‘yicha cheklovlar ertaga e’lon qilinadi. Butun respublika «qizil» hududga aylanishi aytildi
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovning so‘zlariga ko‘ra, Maxsus komissiyaning 33-sonli qarori bilan belgilangan talab yuzasidan tez orada batafsil ma’lumot beriladi.
«Hozirda Maxsus komissiya tomonidan cheklovlarning aniq tartibi ishlab chiqilyapti. O‘ylaymanki, ertaga alohida brifing qilib, aniq tartibini sizlarga yetkazamiz.
Hozir paytdan foydalanib, barcha fuqarolarimiz avtotransport bilan bog‘liq ishlarini shu ikki kun ichida bitirib, oxiriga yetkazib olishlari maqsadga muvofiq», – dedi IIV rasmiysi 8 iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Shuningdek, hududlar o‘rtasida avtotransportlar qatnovi ham taqiqlanmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransportlar harakati bundan mustasno.
«Viloyatlararo transportlar harakati o‘zi taqiqlangan, lekin Toshkent shahri va Toshkent viloyati o‘rtasida ishga qatnovchilarga ruxsat berilgan edi. Endilikda bu ham taqiqlanadi. Ya’ni butun respublika hududi «qizil» hududga aylanadi», – dedi Shohrux G‘iyosov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, maxsus stikerga ega avtomobillar harakatiga ruxsat etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi