09:30 / 09.07.2020
2 515

«Tadbirkorga xiyonat qilgan odam siyosatimizga xiyonat qilgan odam bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev

«Tadbirkorga xiyonat qilgan odam siyosatimizga xiyonat qilgan odam bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 iyul, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, olti oylik tahlillar tadbirkorlik faoliyati hamma hududlarda ham kerakli darajada yo‘lga qo‘yilmaganini ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarning 23 ming nafari yoki 24 foizi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmayapti. Shavkat Mirziyoyev hokimlardan va bankirlardan nima sababdan bunday holat kuzatilayotganini so‘radi va bu holatni keskin tanqid qildi.

Shu sababli davlat rahbari tadbirkorlar sonini ko‘paytirishni emas, balki mavjud tadbirkorlarga ko‘proq sharoit yaratib, elektr, gaz, suv ta’minoti, yo‘l, kredit bilan bog‘liq masalalarni yechib berish lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.

«Tadbirkorga xiyonat qilgan odam siyosatimizga xiyonat qilgan odam bo‘ladi. Tadbirkorning dardi bilan yashamagan rahbar hozirgi siyosatni tushunmagan rahbar bo‘ladi», — dedi Prezident.

Respublikaning 59 ta tuman va shaharida biznes muhiti yaxshi emas, deb baholangan. «Ushbu reyting natijalari hududlar rahbarlarining tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyatiga berilgan haqiqiy baho. Aniq bilindiki, ular bizning hozirgi katta-katta marralarimizga munosib qadam qo‘ymayapti. Bu 59 ta tuman va shaharda odamlar rozi emas», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tadbirkorga xiyonat qilgan odam siyosatimizga xiyonat qilgan odam bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev