Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 188 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 9 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 447 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 104 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 56 nafari Toshkent shahrida (barchasi aholi orasida), 4 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 14 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun hozircha jami 355ta yangi holat aniqlandi, 4 bemor vafot etdi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor tuzaldi, shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 7 082 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 4316 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi