12:04 / 10.07.2020
2 447

251 million so‘mlik uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi

251 million so‘mlik uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi
Tovar moddiy boyliklarining yashirin aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Xovos tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, Xovos-Jizzax yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan fuqaro X.R. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada fuqaro X.S. tomonidan olib ketilayotgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 251 million so‘mlik jami 200 dona uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 251 million so‘mlik uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi