
“Gidrometeorologiya xizmati markazi”ning ma’lumotiga ko‘ra, 10 va 11 iyun kunlari poytaxtda shamol, qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha yetishi mumkin. Shunga ko‘ra Toshkent shahar hokimligi aholini ogohlantirmoqda:
"Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin.
Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasliklarini, avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishlarini so‘raymiz.
O‘zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang", deyiladi xabarda.
ShamolYomg‘irToshkentGidrometeorologiya XizmatiO‘rnatilmagan KonstruksiyalarAholini Ogohlantirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar