17:09 / 11.07.2020
2 849

Bojxonachilar “gashish”ni pullamoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga olishdi

Bojxonachilar “gashish”ni pullamoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga olishdi
Giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi va Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “gashish” giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro K.S. og‘irligi 570 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini 3500 AQSH dollariga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, fuqaro K.S.ning yashash xonadonida ham 10 gramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar “gashish”ni pullamoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga olishdi