22:04 / 12.07.2020
2 641

O‘zbekistonda 8 ta xususiy tibbiyot muassasasida koronavirusga test topshirish mumkinligi aytildi

O‘zbekistonda 8 ta xususiy tibbiyot muassasasida koronavirusga test topshirish mumkinligi aytildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusufaliyev xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan 8 ta muassasada koronavirusga test topshirish mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u «O‘zbekiston 24» telekanalidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida gapirib o‘tgan.

"Bugungi kunda respublikada 43 ta davlat agentliklari tarkibidagi laboratoriya faoliyat ko‘rsatyapti. U yerda 92 ta PZR laboratoriya mavjud. Bu degani, oxirgi xarid qilgan 45 ta PZR laboratoriyamiz 2 baravar ko‘paytirildi. Va u yerda test topshirish bepul. Lekin hozirgi paytda biz xususiy sektorni qo‘shyapmiz, bu ishga jalb qilyapmiz. Bugungi kunda bizda 8 ta xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan muassasamiz bor. Ular, albatta, hozirgi kunda pullik xizmat ko‘rsatadi va aholidan tegishli test namunalarini oladi".

Yusufaliyev, shuningdek, davlat va xususiy sektordagi muassasalarda test olishda xizmat ko‘rsatish sifati, testlarning javob chiqish muddati haqida ham gapirib o‘tgan.

«Endi to‘g‘risini aytishimiz kerak, mana oxirgi kunlarda kasallanish ko‘payishini inobatga olib test javobi chiqishi muddati davlat sektorida xususiy sektorga nisbatan sal sekinlashdi. Chunki juda ko‘p kasallarning ko‘paygani hisobiga. Lekin shu bilan birga, ularning sifati bir xil», — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston adliya vazirining maslahatchisi Shahnoza Soatova o‘zida koronavirus belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, test topshira olmayotganini yozib qoldirgan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi esa xususiy klinikalarga koronavirusga test olishni to‘xtatish haqida topshiriq berilgani haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga mos kelmasligini bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 8 ta xususiy tibbiyot muassasasida koronavirusga test topshirish mumkinligi aytildi