3 320
Karantin hududida bir kishiga kuniga 67-70 ming so‘mlik yeguliklar berilmoqda – Anvar Alimov
Sog‘liqni saqlash vazirligi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimov navbatdagi brifing chog‘ida karantin hududidagi ta’minot haqida so‘zlab berdi.
«Karantin hududlarida kasallikka chalingan bemorlar bilan ishlovchi shifokorlar 14 kun uchun 25 mln so‘m, hamshiralar 15 mln so‘m, kichik tibbiy xodimlar 10 mln so‘m ish haqi olishmoqda. Har 14 kunda ular to‘liq almashadilar va kuzatuv ostida bo‘ladilar.
Karantin hududidagilar ta’minotiga keladigan bo‘lsak, ularga har kuni autsorsing asosida 67 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha qiymatda oziq-ovqatlar yetkazib berilmoqda», dedi shtab a’zosi Anvar Alimov.
Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 55 gektar hududda barpo etilgan «O‘rtasaroy» karantin hududi 20800 o‘ringa mo‘ljallangan. Maxsus izolyatsiya xonalarida 4 kishi davolanib, profilaktika qilinadi. Xonalar barcha tibbiyot jihozlari va sanitariya-gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Shuningdek majmuada ovqatlanish, laboratoriya, tibbiyot xodimlari uchun turarjoylar, reanimatsiya bo‘limlari va karantin uchun maxsus xonalar ham barpo etilgan. 3467 konteynerdan iborat majmua elektr energiyasi, issiq va sovuq suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan.
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «O‘rtasaroy» karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslarning noroziligi aks etgan video tarqalgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, maxsus komissiya qaroriga ko‘ra Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga karantin qoidalari kuchaytirilgan 10 iyuldan boshlab O‘rtasaroydagi karantin hududida saqlanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni maqbullashtirish vazifasi topshirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi