Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov O‘zbekistonda qat’iy karantin tartiblarining qaytarilishi sabablarini ma’lum qildi.
«Hozirgi kunda 5 mingdan ortiq koykalarda koronavirus yuqtirgan bemorlar davolanyapti va bu juda katta raqam. Karantin kuchaytirilishining asosiy sababi ham bu raqamlarni kichraytirish bilan bog‘liq.
Kasallanish sonining 2ga ko‘paytirilish davri koronoavirus tarqalishini aniqlash uchun eng asosiy ko‘rsatkich sanaladi. Respublikaning asosiy hududlari yashil bo‘lib turgan paytda koronavirus kasalligining ikkilanish ko‘rsatkichi 10-11 haftani tashkil qilgan bo‘lsa, hozir respublika bo‘yicha ikkilanish davri o‘rtacha 3 haftadan sal ko‘proq, Toshkentda esa 2 haftaga qisqargan», dedi Habibullo Oqilov.
Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, oldin kasallanish holatlari, asosan, chet eldan qaytgan vatandoshlarimiz ichidan chiqqan bo‘lsa, hozirga kelib, kasallanayotganlarning teng yarmi aholi orasidan chiqmoqda. Bu kasallik ikkilanish davrining oldingiga nisbatan qisqarishiga sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, shtab a’zosi koronavirusdan tuzalganlarning qon zardobini kasallikdan davolanayotganlarga quyish amaliyoti boshqa davlatlarda yetarli samara bermagani bois O‘zbekistonda ham hozircha qo‘llanmayotganini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus bemorlarini davolash uchun sog‘ayib ketganlarning qon zardobidan antitela maqsadida foydalanilish yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilingandi.
Keyinroq O‘zbekistonda ham koronavirusdan sog‘ayganlarning qon zardobidan virus yuqtirgan boshqa bemorlarni davolashda foydalanish usuli Virusologiya instituti klinikasida ikki nafar bemorda qo‘llab ko‘rilgani, lekin uning samarasi to‘g‘risida ma’lum qilish uchun hali erta ekani haqida aytilgandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?