14:18 / 14.07.2020
4 188

Koronavirus alomatlarining kunlik jadvali e’lon qilindi

Koronavirus alomatlarining kunlik jadvali e’lon qilindi
“Yuksalish” umummilliy harakati COVID-19 alomatlarining kunlik jadvalini e’lon qildi.
Koronavirus simptomlari virus odam organizmiga tushganidan so‘ng o‘rtacha 5 — 6 kundan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Uning inkubatsion davri 14 kun davom etadi.

Covid-19 simptomlari quyidagi tartibda namoyon bo‘ladi:
1-4 kun
Asosiy alomati – tana harorati ko‘tariladi. Ba’zilarda mushaklar og‘rishi, quruq yo‘tal, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kuzatiladi. Kasallik boshlanishi yengil shaklda bo‘lishi ham mumkin, bunda bemor jiddiy qabul qilmaydi.

5-6 kun
Nafas olish qiyinlashadi. Ayniqsa, mavsumiy kasalliklari bor yoshi kattalar, qariyalarda kuzatiladi.

7-8 kun
Nafas olish yanada qiyinlashadi, biroq ushbu davrda boshqa alomatlar kuchsizlanishi mumkin.

9-10 kun
Infeksiyani boshidan og‘ir kechirayotgan bemorlar jonlantirish bo‘limiga o‘tkaziladi. Barcha alomatlarga qorin sohasida og‘riq ham qo‘shiladi.

12-kun
Bemorlar tuzala boshlaydi, harorat ko‘tarilishi to‘xtaydi.

17-kun
Sog‘ayganlarga javob beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus alomatlarining kunlik jadvali e’lon qilindi