InfinBank Qashqadaryo viloyat filialining to‘rt nafar xodimida koronavirus aniqlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralari kuchaytirilishi e’lon qilinganidan buyon InfinBank filiallari, xususan, Qashqadaryo viloyat filiali ham 9 iyuldan buyon masofadan turib va onlayn tarzda mijozlarga xizmat ko‘rsatish rejimiga o‘tkazilgan.
Profilaktika doirasida bank filiallarida barcha xodimlar koronavirusga testdan o‘tkazilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyat filialining barcha xodimlari 13 iyul kuni testdan o‘tkazilgan bo‘lib, test natijalari 14 iyul kuni ma’lum bo‘lgan. Musbat natija 9 iyuldan buyon masofadan turib ishlashga o‘tkazilgan 4 nafar xodimda qayd etilgan va ular o‘sha kuniyoq uy sharoitida to‘liq izolyatsiyaga olingan.
Bu haqda amaldagi epidemiologik protokol talablaridan kelib chiqib SEOA muassasasi xabardor qilingan.
Qayd etilishicha, koronavirusga chalingan va uyda turib davolanayotgan to‘rt nafar xodimning ahvoli hozir yaxshi, ularning salomatligi tibbiyot xodimlari tomonidan monitoring va nazorat qilib turilibdi. Qashqadaryo viloyat filiali o‘rnatilgan tartibda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Shuningdek, bundan buyon ham bank jamoasi va mijozlari salomatligini ta’minlash maqsadida bank va uning filiallarida profilaktika tartibida xodimlarning (ular bank binolari yoki masofada turib ishlayotganidan qat’iy nazar) testdan o‘tkazish tadbirlari davom ettirilishi ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?