
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro M.K. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 251,8 million so‘mlik, 30 dona muzlatgich, 430 dona go‘sht qiymalagichlar, 29 dona televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar