22:36 / 16.07.2020
2 069

Noqonuniy tovarlar ortilgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi

Noqonuniy tovarlar ortilgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi
Belgilangan bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida yurtimizga turli qing‘ir yo‘llar bilan olib kelinayotgan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida bojxona organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda tezkor qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasining tezkor xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro S.A. boshqaruvidagi “Xunday Porter” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 103 million so‘mlik 23 dona konditsioner, 8395 dona sifati kafolatlanmagan bolalar o‘yinchoqlari va boshqa mahsulotlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy tovarlar ortilgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi