09:53 / 17.07.2020
3 400

Rasul Kusherbayev «Deputat, sudya va IIV xodimlari» mojarosiga munosabat bildirgan Shohrux reperni olqishladi

Rasul Kusherbayev «Deputat, sudya va IIV xodimlari» mojarosiga munosabat bildirgan Shohrux reperni olqishladi
Foto: Instagram / Shohrux
2019 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatligiga saylangan Shohrux reper, ya’ni Shohrux Shodmonov Telegram’dagi kanalida «Deputat, sudya va IIV xodimlari mojarosi»ga munosabat bildirdi.

- «Deputat, sudya va IIV xodimlari mojarosi»
Gapirmoqchi emas edim, lekin shu masala bo‘yicha ko‘p savollar kelyapti, fikrimni bildirib o‘taman.
Bu dunyoda hamma odam bir xil emas, har bir sohaning yaxshi-yomon xizmatchilari bor.

O‘zbekiston Konstitutsiyasini va qonunlarini yaxshilab o‘rganish kerak. Ayniqsa mas’ullar Konstitutsiyaga va qonunlarga so‘zsiz amal qilishlari shart! Shunda hozirgi paytdagi kabi tushunarsiz hodisalar bo‘lmaydi. Bu mojarolarda kim aybdor yoki aybsizligi qonunlarda aniq belgilab qo‘yilgan, qonun baho bersin!

Xullas, bizga sarlavhada sanab o‘tilgan ba’zi bir mas’ullarimizni hissiyotlarga berilib yaratgan mojarosi qiziq emas. Bizga ularning Konstitutsiyaga va qonunlarga to‘liq rioya qilishlari qiziq. Shunda tartib bo‘ladi! Tartibni saqlash kerak! Shunday qiyin paytda ayrim xizmatchilarning bir-biri bilan janjallarisiz ham vatanimizda yechishimiz kerak bo‘lgan muammolar juda ko‘p!
, - xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining deputati Shohrux Shodmonov.

Boshqa bir deputat aynan mazkur voqealarga OAV orqali faol munosabat bildirayotgan Rasul Kusherbayev Shohruh Shodmonovning ushbu fikrlariga ijobiy baho bergan.

«Shohrux reper sifatida tanilgan va ayni vaqtda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati hisoblangan Shohrux Shodmonov «Deputat, sudya va IIV xodimlari mojarosi» mavzusida munosabat bildiribdi.

Zamonaviy musiqa san’atining rep yo‘nalishida ijod qilib tanilgan insonning faol deputat qiyofasida namoyon bo‘layotgani va muammolarga befarq emasligi kishini quvontiradi. O‘z pozitsiyasiga ega turli darajadagi faol deputatlar ko‘paymoqda
», – deb yozgan Rasul Kusherbayev.

Eslatib o‘tamiz, dastlab 10 iyul kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida sud xodimi va uning haydovchisiga militsiya xodimlari tomonidan jarohat yetkazilgani xabar qilingan. Keyinchalik 15 iyulda ushbu holatga qonuniy baho berilishi senatorlik nazoratiga olingani aytildi.

Shuningdek, 15 iyulda Sirdaryo viloyati nazorat-o‘tkazish punktida sudya IIB xodimlari tomonidan kaltaklandi, shu kuni IIV taqdim etgan videotasvrilarda IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilgan sudya tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormagani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasul Kusherbayev «Deputat, sudya va IIV xodimlari» mojarosiga munosabat bildirgan Shohrux reperni olqishladi