7 metr (23 fut) uzunlikdagi dahshatli piton indoneziyalik ayolni yutib, o‘ldirgan. Bunday hodisalar nihoyatda kam uchrasa-da, ammo Indoneziyada so‘nggi bir yil ichida piton tomonidan sodir etilgan 2 ta o‘lim holati kuzatilgan.
Sulavesi viloyatidagi Muna orolida istiqomat qiluvchi 54 yoshli ayol o‘tgan payshanba kuni poliz mahsulotlarini tekshirish mahalida bedarak yo‘qolgan. Ushbu hodisadan so‘ng mahalliy aholi tomonidan qidiruv ishlari boshlanib ketdi.
Uning sandallari hamda yopinchig‘i bir kundan so‘ng topilgan. Mahalliy aholi tevarak atrofni sinchiklab qarashganda qorni qimirlamay yotgan bahaybat pitonni ko‘rishdi.
Mahalliy politsiya boshlig‘i Hamkaning AFP agentligiga xabar berishicha, aholi ilon qurbonni yutib yuborganiga shubha qilib, uni o‘ldirishgan va bog‘dan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ilonni qornini ochganda, ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, ichidan jabrlanuvchining jasadi chiqqan. Ushbu hodisaning videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi