Sarvar Karimovning tvitter sahifasidan olindi
O‘zbekistonlik taniqli yosh rejissyor Sarvar Karimov otasi uyida bir hafta davolanib, koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi.
«Bugun dadam qazo qildilar. Koronavirusdan. Lekin tashhis qo‘yilmadi. Bir hafta uyda davoladik. 103 ga telefon qilsak, bemorning isitmasi bo‘lsa, kelolmaymiz deyishdi. Ularni ham tushunaman, na dorisi bor, na himoya vositasi. Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang.
Ishonmang, rasmiylarning barcha gapi yolg‘on. Ishonch raqamlariga telefon qilib tushib bo‘lmaydi, tushsangiz ham boshqa raqamni berib yuboradi. Biz dadamizga bir hafta tez yordam chaqirolmadik. Axiri o‘pkalariga o‘tib ketib, jonlari uzildi. 63 yoshda edilar. 10 kun avval soppa-sog‘ edilar.
Bu gaplarni yozishimdan maqsad – davlat yordamidan umidingizni uzing. Ko‘chaga chiqmang, ayniqsa, kattalarni ehtiyot qiling. Hozir butun oilamiz COVID-19 ga chalinganmiz (rasmiy). O‘zimizni o‘zimiz davolayapmiz, chunki boshqa iloj yo‘q. Duo qilinglar, tuzalib ketaylik. Alloh shifo bersin hammamizga» – deb yozdi Sarvar Karimov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin