Inson hayotida nikoh to‘yi unutilmas onlarga boy hisoblanadi. Biroq hozirgi og‘ir va tahlikali sharoitda to‘y marosimlari faqatgina jiddiy muammolarga sabab bo‘lishini hayotiy misollardan ham ko‘rib guvohi bo‘lyapsiz, albatta. Eslaganda quvonchdan yurakni hayajonga solish o‘rniga faqatgina mahzun qiluvchi to‘ylardan biri Hindistonda iyun oyida bo‘lib o‘tdi.
26 yashar kuyovda to‘ydan keyin COVID-19 aniqlandi va zudlik bilan shifoxonaga olib ketildi. Muolajalarga qaramay, kuyov o‘z to‘yidan ikki kun o‘tgach vafot etdi. To‘yda qatnashgan 300 ta mehmonning 111 tasida virus aniqlangan biroq kelin va uning yaqinlariga virus yuqmagan. To‘yga kelgan mehmonlarning 200 nafari endilikda kuyovning dafn marosimida qatnashishdi.
Qattiqlashtirilgan karantin chora-tadbirlaridan so‘ng Hindistonda 50 kishilik to‘ylarga ruxsat berilgan, dafn marosimlari esa 20 kishilik qilib belgilangandi. Statistik ma’lumotlar esa Hindistonda ayni paytdagi COVID-19 ning tarqalish tezligi nihoyatda yuqoriligini ko‘rsatib turibdi. Bugungi kunga qadar bu yerda virusga chalinganlar soni jami 607000 ta bo‘lib, shulardan 17000 tasi bu dunyoni tark etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi