20 iyul kuni «Tez yordam» loyihasining navbatdagi sonida virusolog Dildora Sekler koronavirusda saturatsiya darajasining ahamiyati va uni o‘lchash tartibi haqida ma’lumot berdi.
«Saturatsiya bu – hujayralarning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi. U o‘pka o‘zidan o‘tayotgan qonni qanchalik kislorod bilan ta’minlay olayotganini ko‘rsatadi.
Saturatsiyani pulsoksimetr nomli asbob bilan o‘lchash mumkin. Bunda puls va organizmdagi kislorod miqdorini hisoblagan holda, hujayralarning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini ko‘rsatib beradi. Nafas qisishi, hansirash kuzatila boshlaganda pulsoksimetrdan foydalanish maqsadga muvofiq. Asbob ko‘rsatgan foiz 100ga qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik ijobiy natija hisoblanadi», deydi mutaxassis.
Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra’no Qosimova bemorga tez yordam ko‘rsatishda saturatsiyaning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.
«Fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadigan brigadalar ham pulsoksimetr bilan ta’minlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bu orqali bemorning saturatsiya darajasini tekshirish mumkin. Agar saturatsiya darajasi 95 foizdan kam bo‘lsa, uni shifoxonaga olib ketish, 95dan yuqori bo‘lsa, uy sharoitida davolanishga ko‘rsatma berish mumkin», dedi u.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi