Uy sharoitida davolanayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi
Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a’zosi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan ma’lumot berdi.

22 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 58,
Andijon viloyatida — 136,
Jizzax viloyatida — 22,
Navoiy viloyatida — 40,
Namangan viloyatida — 21,
Samarqand viloyatida — 96,
Sirdaryo viloyatida — 156,
Surxondaryo viloyatida — 101,
Qashqadaryo viloyatida — 21,
Toshkent viloyati — 637,
Toshkent shahrida — 413 nafar bemor uyda davolanmoqda.
Ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti.
Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar