
Hazorasp tumani hokimligi qurilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi J. N. naqd jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hokimlik xodimi fuqaro O.B.ga Tuproqqal’a tumani, «Obod» mahallasi hududidan 1200 kv. metr yer uchastkasi ajratib berishni va’da qiladi. Bu masala «o‘z-o‘zidan» hal bo‘lmasligi, tuman yer tuzish va davlat kadastri bo‘limidagilar ham go‘yoki «og‘zini ochib turishi»ni aytib, 8000 AQSH dollari so‘ragan. Pulni olayotgan vaqtda esa Departament va DXX xodimlari tomonidan ushlandi.
Holat bo‘yicha firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Ayni jarayonda boshqa figurantlar ham paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar