
Foto: «Bashinform»
London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi mikrobiologi Beron Piot qo‘l berib ko‘rishishdan batamom voz kechishning afzalligi haqida gapirdi. Buyuk Britaniya qator yurish-turish an’analarini (xususan, qo‘l berib so‘rashishni) o‘zgartirishni o‘ylab ko‘rishi kerak, shunda bo‘lg‘usi epidemiyalarning oldi olinadi, deydi olim.
«The Daily Telegraph» yozishicha, Piot muqobil taklif sifatida yaponcha salomlashishni ilgari surgan. Qolaversa, yuqumli kasalliklar mavsumida niqob taqish, masofani saqlash qoidalari saqlab qolinsa yaxshi bo‘lardi,deydi u.
O‘z gaplarining tasdig‘i sifatida olim Avstraliyadagi vaziyatni misol keltirdi. Mutaxassisning kuzatuvlariga ko‘ra, bu mamlakatda gripp va boshqa yuqumli kasalliklar bilan og‘rish kamayib bormoqda. Chunki ijtimoiy masofani saqlash qoidalari qat’iy o‘rnatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar