Maqola boshida mana bu oyatga e’tibor qaratamiz, Alloh taolo: «Ayting: «Allohdan boshqa osmonlar va yerdagi biror kimsa g‘aybni bilmas», deb marhamat qilgan [Naml surasi, 65-oyat].
Mashhur folbinlardan biri oldiga tovuq yoki qo‘y olib kelganlarni to‘g‘ri topib aytar, kelganlarni hayronlar qoldirar ekan.
Qanday qilib deysizmi?
Masalan, qonlash (harom amal) uchun folbinga bitta qo‘y yoki tovuq olib borib, uni shotir (xizmatkor)lariga topshirsangiz, oldiga kirganiningizda "siz oq qo‘y, qora qo‘y, oq tovuq, qora tovuq olib kelibsiz-a?" deb to‘g‘ri aytar ekan. Ko‘rmasdan turib rangigacha aytib beradigan folbinga bu kamida ellik ochko degani-da.
Kamina shuning tagiga yetgan. U firibgar iymonsizning xizmatkorlari ko‘p bo‘lib, har birini o‘z vazifasi bor.
Masalan, oq qo‘y olib kelgan kimsani faqat Salim, qora qo‘y olib kelgan kimsani esa faqat Hoshim, oq tovuq keltirganni Botir, qora tovuq olib kelganni Toir folbin oldiga olib kirar, u firibgar esa odamiga qarab olib kelgan jonlig‘ini aytverar ekan. Salim kirsa, oq qo‘y keltirilgan, Hoshim kirsa, qora qo‘y...
Endi bilib oldikmi bularning firibgarligini? Siz esa hayron bo‘lib yuribsiz. Folbinlik mutlaq harom va unga ishonganlar dindan chiqib qolishadi. Yana bu firibgar kazzoblarning o‘zlari chiqargan "Folbinga borma, folsiz ham yurma" kabi yolg‘on-yashiq so‘zlari ham odamlar orasiga yoyilgani achinarli.
Azizlar, firibgar folbinlarga aldanib, oxiratimizni boy bermaylik.
Alloh taolo: «Ayting: «Allohdan boshqa osmonlar va yerdagi biror kimsa g‘aybni bilmas», deb marhamat qilgan [Naml surasi, 65 -oyat].
Sunnatulloh ABDULBOSIT
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin