Foto: Tergov departamenti
Andijon viloyati ichki ishlar xodimlari 22 nafar shaxsni bezorilikda ayblab qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, 2020 yilning 22 iyul kuni soat 17:00 da Xonobod shahar «Kampirrovot» MFYda yashovchi 36 yoshli O.M., farzandi 16 yoshli voyaga yetmagan A.N. bilan bir nechta tengdoshlari urishmoqchi ekanligini eshitib qoladi.
Ota farzandini Xonobod shahar Obi-hayot ko‘chasiga olib borib, u yerda bo‘lgan voyaga yetmaganlar – 16 yoshli M.A., O.A., K.A., X.N., E.T. hamda E.P.ning yo‘lini to‘sib, ulardan qay biri farzandi A.N., bilan birga-bir urishmoqchi ekanligini so‘raydi. Shundan so‘ng O.M. dalaga olib o‘tib, M.A. va O.A. bilan o‘g‘lini birga-bir urushtirgan.
Janjal vaqtida M.A.ning tanishlari janjalga aralashganligi uchun O.M. farzandining tengdoshlari bo‘lgan M.A., O.A. va X.N.ni urib tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng, M.A. va O.A. ota-o‘g‘il bilan urushni davom ettirish maqsadida o‘zlarining 14 nafar tarafdorini chaqirib, ota-bolani urmoqchi bo‘lib, Xonobod shahar «Kampirrovot» MFYda to‘plangan. Bundan Xonobod shahar IIB xodimlari xabar topib, hodisa joyiga yetib borgan hamda ushbu shaxslarga qonuniy chora ko‘rish maqsadida IIB binosiga olib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, M.A. va O.A. hamda ularning 14 nafar tarafdorlariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi