Illustrativ foto
Diabet kasalligi COVID-19 tufayli o‘lim xavfini 12 baravar oshirishi mumkin. Bu haqda AQSHning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga tayanib MedicalXpress xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, diabet xastaligi borlar koronavirusga chalinsa kasalxonaga yotqizilishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘ladi. Shuningdek, portal ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha oylik pandemiya bo‘yicha to‘plangan statistika shuni ko‘rsatdiki, diabet COVID-19 asoratlarining og‘ir o‘tishi bo‘yicha yurak-qon tomir kasalliklaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
San-Fransisko shahridagi Kaliforniya universiteti olimi Prakash Didvaniyaga ko‘ra, qandli diabet buyrak kasalligi, insult, miokard infarkti va ko‘rish qobiliyatining buzilishi kabi bir qator asoratlarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotchi eng jiddiy asorat immun tizimining pasayishi deya qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi