Homiladorlikning dastlabki olti oyi – homila organlarining shakllanish davrida koronavirusning salbiy ta’siri yuqori bo‘lishi mumkin.
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Anvar Alimovning so‘zlariga ko‘ra, homiladorlikning dastlabki olti oyida koronavirusning xavfi yuqoriroq bo‘ladi.
«Homila 6 oylik bo‘lgunicha ona virusga qarshi spetsifik prepartlarni qabul qila olmaydi. Bu davrda homilaning organlari shakllanadi. Virusga qarshi preparatlar homilada nuqson chaqirishi mumkin.
Shu bois bu davrda bo‘lajak onalar o‘ta ehtiyotkor bo‘lishi kerak», dedi Alimov AOKAdagi matbuot anjumanida.
Shtab a’zosi Habibullo Oqilovning qayd etishicha, homiladorlarning koronavirusni yuqtirish ehtimoli boshqalar bilan bir xil.
«Homiladorlarning koronavirus bilan kasallanish ehtimoli boshqalarniki bilan bir xil. Ular har qanday infeksiyadan, shu jumladan, koronavirusdan ham ikki hissa ko‘proq ehtiyot bo‘lishi kerak», deydi Oqilov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni