AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda ayrim muhim savollarga javob berildi.
- Koronovirus uzoq masofaga havo orqali tarqalishi mumkinmi?
- Yo‘q, koronavirus uzoq masofalarga havo orqali tarqalmaydi.
Bu virus asosan yo‘talgan yoki aksirgan paytda kasal odamning og‘zidan yoki burnidan sachragan tomchilar orqali yuqadi.
- Homilador ayolda koronovirus kasalligi bo‘lmasa, tug‘ruq paytida eri yoki yaqin qarindoshlari hamrohlik qilishlariga ruxsat berilmayapti. Buning sababi nimada?
- Tug‘ruq vaqtida hamrohlik epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda cheklanishi kerak. Shuningdek, tuqqan ayollar bo‘limlariga ham tashriflar cheklanishi lozim.
Homilador ayollarga oila a’zolari va yaqinlari bilan aloqada bo‘lish uchun turli xil videoaloqa vositalardan foydalanish tavsiyasi etiladi. Ushbu choralar kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
- Koronavirus infeksiyasi yuqtirgan bemorlar bepushtlikka chalinishlari mumkinmi?
- Koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarda bepushtlik rivojlanishi isbotlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"