19:50 / 04.08.2020
2 819

«Temir daftar» nima va u qanday shakllantiriladi? Mutaxassis javob berdi

«Temir daftar» nima va u qanday shakllantiriladi? Mutaxassis javob berdi
«Temir daftar» o‘zi nima? Unga kimlar kiritiladi? U qanday shakllantiriladi? Ushbu savollarga AOKA shtabida 3 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva javob berdi.

«‘Temir daftar’ — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro‘yxati. ‘Temir daftar’ o‘z navbatida fuqarolar yig‘inlari raisining sektor va hudud rahbari bilan hamkorlikdagi faoliyatini mustahkamlaydi.

‘Temir daftar’ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:
- kam ta’minlangan;
- nogironligi bo‘lgan;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;
- yakka-yolg‘iz keksalar;
- doimiy ishsiz fuqarolar;
- karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;
- og‘ir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar o‘zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan ‘temir daftar’idagi ma’lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib borishi haqida ma’lumot berildi.

‘Temir daftar’ga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosi 2020 yilda ish bilan ta’minlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko‘riladi
», – deydi Saodat Boymirzayeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Temir daftar» nima va u qanday shakllantiriladi? Mutaxassis javob berdi