14:10 / 05.08.2020
4 840

Koronavirusdan davolangan bemorda keyinchalik qanday kasallik rivojlanishi oshkor qilindi

Koronavirusdan davolangan bemorda keyinchalik qanday kasallik rivojlanishi oshkor qilindi
Tadqiqotga ko‘ra, koronavirus uchun statsionar davolanishdan qaytgan bemorlarning yarmidan ko‘pi bir oydan so‘ng stress, bezovtalik, uyqusizlik va depressiyani boshdan kechirgan. Bu haqda "Dori-darmon" kompaniyasi rasmiy kanalida manbalarga asoslangan holda xabar joylandi.

Klinik tadqiqotlar va 402 nafar bemorning so‘rovnomalari asosida olingan natijalar ko‘ra, kasallanishdan keyingi asab buzilishi 28%, ruhiy tushkunlik - 31% va bezovtalik - 42% hollarda mavjudlgini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, bemorlarning 40 foizi uyqusizlikdan va 20 foizi ruhiyat buzilishidan aziyat chekkan.

Olimlarning fikriga ko‘ra,Covid-19 ning psixologiyaga ta’siri virusning o‘zi yoki ijtimoiy izolyatsiya, yangi kasallikning noma’lum xavfli jihatlari, ma’lum bir davo usulining yo‘qligi, boshqalarga yuqtirishdan qo‘rqish kabi fikrlarning immunitetga ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi mumkin.

Topilmalar Koronavirusning psixologik ta’siri haqida tashvishlarni kuchaytiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan davolangan bemorda keyinchalik qanday kasallik rivojlanishi oshkor qilindi