21:11 / 05.08.2020
2 218

O‘zbekistonda koronavirusni 5-10 daqiqada yo‘q qiladigan kombinezonlar ishlab chiqarilmoqda

O‘zbekistonda koronavirusni 5-10 daqiqada yo‘q qiladigan kombinezonlar ishlab chiqarilmoqda
Foto: «O‘zto‘qimachiliksanoat»
O‘zbek to‘qimachilari 100 foiz paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladi, deya xabar bermoqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi o‘z saytida.

Ma’lum qilinishicha, paxta matosiga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qo‘llash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfini oldini oladi.

Loyiha tashabbuskori «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi Cotton Road qo‘shma korxonasi bo‘lib, hozirgi vaqtda Germaniyaning CHT GmbH va Shveysariyaning CHT Switzerland AG kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning so‘nggi HeiQ Viroblock innovatsion ishlanmasini o‘zlashtirdi. Bu kumush ionlarining mikroqismlari bilan singdirilgan maxsus vezikulyar tarkibiy qismlarga ega antivirus va antibakterial texnologiya orqali paxta matosidan himoya kostyumlar ishlab tizimidir.

Kumush ionlari bir-biriga qarama-qarshi zaryadlangan viruslarni jalb qiladi va darhol ularning oltingugurt guruhlariga bog‘laydi, keyin vezikulyar tarkibiy qism virusni yo‘q qiladi. Ushbu yangi texnologiya qisqa 5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravishda yo‘q qilishga, kiyimlarni o‘z-o‘zini tozalashga imkon beradi. Bu esa hozirgi vaqtda foydalanilayotgan himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq.

Foto: «O‘zto‘qimachiliksanoat»
Qayd etilishicha, paxta matosidan ishlab chiqarilgan kombinezonlar polimer, xususan, spanbonddan ishlab chiqarilgan kombinezonlarga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:
- havoni yaxshi o‘tkazishi tufayli bunday kombinezonlar himoya xususiyatlarini saqlagan holda uzoq muddatli qulay ishlashni ta’minlaydi;
- qayta foydalanish imkoniyati tufayli 5-7 martadan ko‘proq moliyaviy tejashni ta’minlaydi, chunki qayta ishlatiladigan (kamida 15 marotaba foydalanishga imkon beradigan) kombinezonlar narxi bir martali ishlatiladigan mahsulot narxidan atigi 2 baravar yuqori.
mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan.
Innovatsion texnologiya Shveysariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusni 5-10 daqiqada yo‘q qiladigan kombinezonlar ishlab chiqarilmoqda