07:30 / 09.08.2020
2 053

Davolanish paytida ko‘p feyk xabarlarni aniqladim - koronavirusga chalinib tuzalgan blogerlar

Davolanish paytida ko‘p feyk xabarlarni aniqladim - koronavirusga chalinib tuzalgan blogerlar
Foto: Uzreport TV
Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida koronavirusni boshidan o‘tkazgan blogerlar kasallik davrida axobotni qanday saralash kerakligi haqida o‘z tajribalari misolida so‘z yuritdi.

Bloger Shahnoza Soatovaning aytishicha, virus yuqtirgan inson ma’lum vaqtga kelganda depressiyaga tushib qolishi mumkin.
«Bunday depressiya faqat menda kuzatildi, deb o‘ylagandim. Lekin kasallikka chalingan boshqalar bilan suhbatlashganimda ular ham asabiy, jig‘ibiyron bo‘lib qolganini aytishdi. Bu kasallikning ta’sirida yoki inson uzoq vaqt o‘zini betob his qilgani tufayli kuzatiladigan holat ekanligini hali mutaxassislar o‘rganib ko‘rishsa kerak.

Men bu holatni boshimdan o‘tkazayotgan paytda alohida izolyatorga joylashtirilgan holda davolanayotgan edim. Lekin qo‘limda telefonim bor edi. Turli vahimali axborotlarni qabul qilganim ham jismoniy holatimga ta’sir qilganini sezdim. Shundan so‘ng bir necha kun internet tarmog‘idan foydalanmadim
», - dedi Shahnoza Soatova.

Blogerning qayd etishicha, koronavirusdan davolanayotgan paytda internet tarmog‘idan asosan yaxshi filmlar ko‘rish va kerakli ma’lumotlarni maqsadli izlash uchun foydalanish lozim.

Bloger Aziza Qurbonova esa kasallik paytida oilaviy davolanganini ma’lum qildi.
«Turli xabarlar oqimi menga ham yomon ta’sir qildi. Axborot oqimi natijasida ma’lum vaqt kayfiyatim bo‘lmadi. Lekin davolanish davrida ko‘p feyk xabarlarni aniqladim. Kimdir tibbiy niqobga spirtli mato qo‘yilsa, yaxshi ta’sir qilishi haqida, boshqa birov esa uzoq muddat tibbiy niqob taqib yurish pnevmoniyaga sabab bo‘lishi haqida feyk xabarlar tarqatdi.

Bu kabi xabarlarga ishonib, ta’siriga tushib qolmaslik uchun xabarlarning to‘g‘ri-noto‘g‘ri ekanini tekshirishni o‘rganish lozim
», - dedi Aziza Qurbonova.

Press klubning ushbu sessiyasida feyk axborotlarni qanday saralash kerakligi va davolashga oid ma’lumotlarda aniqlik bo‘lishi lozimligi haqida ham so‘z yuritilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davolanish paytida ko‘p feyk xabarlarni aniqladim - koronavirusga chalinib tuzalgan blogerlar