13:19 / 09.08.2020
2 089

Grippga chalingan bemor koronavirus ham yuqtirib olsa, kasallik og‘ir kechishi mumkin

Grippga chalingan bemor koronavirus ham yuqtirib olsa, kasallik og‘ir kechishi mumkin
Gripp bilan og‘riyotgan bemor koronavirus infeksiyasini ham yuqtirib olsa, unda kasallik og‘ir kechishi mumkin. Bu haqda Vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Dilfuza Hasanova «O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan «COVID-19 savol-javob» dasturida ma’lum qildi.

«Gripp bilan og‘riyotgan bemor qat’iy karantin choralariga rioya qilsa, unga virus yuqmaydi. Bemor gripp bilan koronavirusni yuqtirib olgan bo‘lsa, kasallik og‘ir kechadi. Grippda immunitet past bo‘lsa, kasallik o‘tib ketadigan bo‘lsa, gripp chaqiradigan pnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Bunda o‘pkaning yuqori qismlari zararlanadi», — deydi Dilfuza Hasanova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi ko‘pincha o‘pkaning pastki qismlari: nafas olishda kamroq ishtirok etadigan bo‘lmalarini shikastlaydi. Yondosh kasalliklar, tabiiyki, kasallik kechishini og‘irlashtiradi.

«Gripp bilan og‘rigan bemor koronavirusga test topshirsa, lekin yolg‘on manfiy javob chiqsa (30 foiz ehtimol), demak, menda kasallik yo‘q ekan, deb atrofdagilar uchun tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin», — dedi Vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti.

Shu sababli gripp bilan kasallanganlar ham o‘zini izolyatsiya qilishi lozimligi bildirib o‘tdi. O‘zini yakkalagan bemor grippdan to‘liq tuzalgach normal hayotga qaytishi mumkinligi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Grippga chalingan bemor koronavirus ham yuqtirib olsa, kasallik og‘ir kechishi mumkin