
Bolalar oddiy shamollash kabi koronavirusni ham juda osonlik bilan tarqatishlari mumkin.
Xuddi shunday fikrlarni Garvard tibbiyot maktabi sobiq professori Uilyam Xazeltin "CNN"ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, shu bois ham koronavirusni yuqish nuqtai nazaridan deyarli shamollash virusiga o‘xshaydi deb taxmin qilish uchun barcha asoslar mavjud.
Bundan tashqari, besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning «boshqa odamlar uchun juda xavfli» ekanligini aytayotgan Xazeltin ularning osongina virusni yuqtirib olishi va boshqalarga yuqtirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan holda tibbiy niqob taqishlari zarurligini qayd etmoqda.
«Bolalarning burunlarida kasallikka chalinishi uchun yetarli bo‘ladigan virus hajmi ming baravar ko‘proqni tashkil etadi, shuning uchun ham ular juda, juda yuqumlidir», deydi mutaxassis.
BolalarKoronavirusShamollashTibbiyot MaktabiUilyam XazeltinVirus Yuqtirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar