So‘ngi yillarda iste’molchilarning mototransport vositalariga bo‘lgan talabi bir necha barobar o‘sdi. Sababi ushbu texnika vositalari kam yoqilg‘i sarflash bilan bir qatorda, «ustaga ish qoldirmaydigan» kamxarj.
Jondor tumanida istiqomat qiluvchi qaxramonimiz I.To‘rayev «Buxoro Real Moto» MCHJ ga qarashli «Lochin» mototransport vositasini sotib olish maqsadida 21.885.000 so‘mga shartnoma tuzib, so‘ngra oradan bir qancha vaqt o‘tgach boshqa modeldagi transport vositasini xarid qilish maqsadida yana tashkilotga murojaat qiladi. Ammo tadbirkor tomonidan narxlar oshganligi ma’lum qilinib, iste’molchiga istasa yangi narxda xarid qilishi mumkinligi taklif etiladi.
Bundan tashqari yangi shartnoma tuzish uchun xodimlar yo‘qligi, buning sababi yurtimizda kuchaytirilgan karantin tartibi joriy etilgach, ko‘p tashkilotlar qatori ishchilar salomatligini nazarda tutgan xolda «Buxoro Real Moto» MCHJ xam faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga, mijozlar buyurtmalarini kechiktirishga majbur bo‘lgani tushuntirilgan.
Bu vajlardan norozi bo‘lgan I.To‘rayev eski narxda transport vositasi yetkazib berilishini, agar zavodda bo‘lmasa dilerlardan olib berilishini so‘rab O‘zbekiston Iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro viloyat xududiy birlashmasiga murojaat qiladi.
Tadbirkor asosli ma’lumot berganligi xisobga olinib, I.To‘rayev 26.025.000 so‘m to‘lovni amalga oshirdi xamda o‘zi istagan mototransport vositasini dillerdan xarid qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi