19:23 / 12.08.2020
4 602

Qibrayda chemodandan topilgan jasad bo‘yicha 2 kishi qamoqqa olingan

Qibrayda chemodandan topilgan jasad bo‘yicha 2 kishi qamoqqa olingan
Avvalroq, joriy yilning 8 avgust kuni Qibray tumanida sayohat jamadonida erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan JKning 97, 169, 227 va 241-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda chemodandan topilgan jasad bo‘yicha 2 kishi qamoqqa olingan