
Koronavirus pandemiyasi davom etayotgan shu kunlarda aholining ayrim tibbiy buyumlarga nisbatan ehtiyoji ortib bormoqda.
Mazkur vaziyatdan mo‘may daromad orttirib qolishga urinayotgan ayrim shaxslar esa sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlarni yashirin ravishda pullash orqali yurtdoshlarimiz salomatligini jiddiy xavf ostiga qo‘yishi mumkin.
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi va “Toshkent-Aero” ixtioslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida ana shunday urinishlardan biri bartaraf etildi.
Poytaxtimizning Yakkasaroy tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. 12 dona qog‘oz qutilarga solingan 1200 dona pulsoksimetrlarni sotishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Dorixonalardan tashqarida 120 million so‘mga realizatsiya qilinayotgan mazkur tibbiy buyumlar hozirda vaqtincha saqlovga olindi va holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar