2 415
Navoiyda kurerlik jo‘natmalari orasida yashirincha 200 mln. so‘mdan ortiq qiymatdagi dori-darmonlar yuborilganligi fosh bo‘ldi
Sifati kafolatlanmagan va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari inson uchun eng aziz ne’mat – sihat-salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Respublikamiz bojxonachilari dori vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tizimli ravishda kurash olib borishmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyatida dori vositalarini kurerlik jo‘natmalari orqali noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinishlarning oldi olindi.
Tezkor tadbirda kurerlik tashkilotlaridan birining nomiga chetdan keltirilgan jo‘natmalar beligangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. Mazkur jarayonda jo‘natmalar orasiga yashirilgan holda 13 turdagi sifati kafolatlanmagan dori-darmonlar yuborilganligi aniqlandi.
Saqlash va tashish qoidalariga zid ravishda keltirilgan 300 donadan ziyod mazkur dori-darmonlarning umumiy qiymati 95 mln. 210 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, viloyat bojxonachilari yana bir holatda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan holda qiymati 12 mln. 600 ming so‘mlik 105 dona “Oksapar” dori vositalarini kurerlik jo‘natmalari orqali olib kirilishining oldini olishdi.
Yana bir holatda esa kurerlik jo‘natmalaridagi sochiq va choyshablar qutilari ichiga dori vositalari ustalik bilan yashirilib, qayta qadoqlangani ma’lum bo‘ldi.
Bojxona xodimlarini chalg‘itish orqali soxta tadbirkorlar 23 turdagi 10 ming donadan ziyod dori vositalarini yashrin ravishda olib kirishmoqchi bo‘lishgan.
Mazkur dorilarning umumiy qiymati esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 97 mln 190 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi