21:16 / 18.08.2020
4 528

Jasur G‘oipov salkam 5 yil qamoqda o‘tirgani hamda to‘y buzilganiga qaramay haligacha Munisa Rizayeva bilan yaqinligi haqida

Jasur G‘oipov salkam 5 yil qamoqda o‘tirgani hamda to‘y buzilganiga qaramay haligacha Munisa Rizayeva bilan yaqinligi haqida
Foto: «Shok.uz»
2014 yilda «Bu yomg‘irmas», «Ming afsus», Shahzoda bilan kuylangan «Super lady» kabi qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan xonanda Jasur G‘oipov «Shok.uz» saytiga intervyu berdi. Ushbu suhbat chog‘ida xonanda nima sababdan 4 yil-u 7 oy qamoqda o‘tirgani, undan so‘ng 7 oy shifoxonada davolangani, Munisa Rizayeva bilan to‘yi buzilganiga qaramay haligacha do‘st ekanligi haqida so‘zlab berdi.

«2015 yil dekabr oyida Malayziyadan uchib keldim va shunday holatga tushdim. Yaqinlarimning ayrim harakatlari tufayli qamaldim. Qamoqqa tushganim men uchun bir akademiya bo‘ldi. Ko‘p narsalarni tushundim. Har bir inson hayotda o‘tayotgan yaxshi, yomon kunlari unga dars.

Men aybim uchun qamaldim, deya olmayman. Yaqinlarimning aybi bilan shunday vaziyatga tushdim. Ko‘pchilik biladi, xonandalik mening xobbim, asosiy ishim tadbirkorlik. 14 yoshimdan beri tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman.

Kimlardir narkotiklar uchun qamaldi, deb ham o‘ylashdi. Aslida iqtisodiy jinoyat, pora berish holati bilan ayblandik. 4 yil-u 7 oy qamoqda o‘tirdim, men birinchi kunlari shok holatida edim. Davlat rahbari o‘zgarganidan keyin bizning ishimiz qayta ko‘tarildi, guruhimizdan qamalganlarning 80 foizi oqlandi.

Qamoqdan chiqqanimdan keyin 7 oycha shifoxonada yotdim. Do‘stlar, hamkasblar xabar olib turishdi, rahmat. Munisa Rizayeva keldi, undan juda minnatdorman, Otabek Mutalxo‘jayev, ‘Benom‘ guruhi yigitlari, Sardor Rahimxon xabar olib turdi
», — deydi xonanda.

Jasur G‘oipov, shuningdek, 2014 yilda Munisa Rizayeva bilan to‘yi nima sababdan buzilgani haqida ham gapirib o‘tdi.

«Munisa bilan to‘yimiz bo‘lmagani, avvalo taqdir. Bunga ko‘p narsalar sabab bo‘lib qoldi. Munisa ikkalamizni ‘o‘qitib’ ajratib yuborishdi. Bizning eng katta xatomiz — to‘yimiz bo‘layotganini ommaga chiqarib yuborganimiz. Munosabatlarimizdan PR qilmoqchi bo‘lmaganmiz. Men hozir hech narsa deya olmayman. Balki munosabatlarimiz yana tiklanar, ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Men hozir bo‘ydoqman, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Munisa bilan eslaydigan xotiralarimiz ko‘p, u bilan hozirgacha yaxshi munosabatdamiz», — deydi Jasur G‘oipov.

Foto: Instagram / @jasurgaipov

Foto: Instagram / @jasurgaipov
«Haliyam Munisa Rizayevani yaxshi ko‘rasizmi?» degan savolga Jasur G‘oipov «Uni yaxshi ko‘rmaslikning iloji bo‘lmasa kerak» deya javob berdi.
Jasur G‘oipov uylangani, rafiqasi bilan uch oy birga yashagani, bir qiz farzand ko‘rgani, ajrashgani haqida ham gapirdi.

«Nima uchun rafiqangiz bilan ajrashgansiz?» degan savolga uning javobi quyidagicha bo‘ldi:
«Shunaqa holat bo‘lib qoldi. Buning izohi yo‘q. Sabab bo‘lmadi. Ikki inson bir-biri bilan turmush qurganidan so‘ng, ular bir to‘lqinga tushib olishi kerak, menimcha. U bilan uch oy birga yashadik. Rasman ajrashmaganmiz, lekin birga yashamaymiz. Hozir ajrashish jarayoni ketyapti. Uylanishga shoshilayotganim yo‘q. Hozir bir-birini tushunmay, uylanib olishyapti va ko‘p o‘tmay ajrashishyapti. Bi insonni yaxshi bilmay, sinamay, turmush qurmoqchi emasman», — deydi xonanda.

Jasur G‘oipov rafiqasi Feruza bilan.
Foto: «Shou-biznes.uz»

Jasur G‘oipov 2014 yilning 26 dekabr kuni «Yakkasaroy restoranida dabdabali to‘y qilib, Feruza ismli qizga uylangan edi. To‘yga o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari tashrif buyurgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)