06:36 / 19.08.2020
2 419

Giyohvandlik vositasini 4 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Giyohvandlik vositasini 4 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasini oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro M.Sh. fuqaro Q.Yu.dan sotib olgan 323,11 gr. og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga 4 ming AQSH dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, fuqaro M.Sh.ning egnidagi kiyimi cho‘ntagida ham 0,27 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, yana bir fuqaro M.A ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, uning qo‘l telefoni g‘ilofi orasida 0,88 gramm hamda “Neksiya 2” rusumli avtomashinasining haydovchi o‘rindig‘i ostida
0,73 gramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilganligi fosh bo‘ldi.

Tezkor tadbir davomida jami 324.99 gramm “gashish” giyoxvandlik vositalari qonunbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositasini 4 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi