19:00 / 19.08.2020
1 671

MIB faoliyatidan: 28 oylik aliment to‘lovidan qochgan oqoltinlik otaga chora ko‘rildi

MIB faoliyatidan: 28 oylik aliment to‘lovidan qochgan oqoltinlik otaga chora ko‘rildi
Ayrim otalar farzandlarining moddiy ta’minotiga e’tibor bermasdan turli bahonalar bilan o‘zlarini olib qochishmoqda. Karantin davrida kimdir qaysidir amallari bilan jamiyatdagi muhtoj oilalarga yordam berayotgan bo‘lsa, Oqoltin tumanida yashovchi J.Mo‘minov kabi otaning o‘z majburiyatini unutib qo‘yganligini qanday izohlash mumkin.

Xususan, Byuroning Oqoltin tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining 11.04.2018 yildagi SB-92-2018-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor J.Mo‘minovdan undiruvchi Sh.Xamroqulova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga bir necha bor rasmiy ogohlantirishlar berilgan.
Qarzdor aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan va uni topish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli belgilangan tartibda qidiruv e’lon qilingan edi.

Bo‘limning tezkor qidiruv xodimlari tomonidan qarzdor topilib, bu majburiyatdan qochib bo‘lmasligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Qarzdor J.Mo‘minov tushuntirish va profilaktika tadbiridan tegishli xulosa chiqarmasdan aliment pullarini to‘lashni yana paysalga solib keldi.

Davlat ijrochisining alimentni hisoblash to‘g‘risidagi qarori bilan uning qarzdorligi 17.08.2020 yil holatiga 13 mln. 136 ming so‘mni tashkil etganligi aniqlanib, Byuroning Oqoltin tuman bo‘limi davlat ijrochisi G.Adilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-4-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun Oqoltin tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Mazkur sudning 18.08.2020 yildagi qaroriga asosan qarzdor J.Mo‘minovga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Jamiyatda ikki farzandning moddiy ta’minotdan uzilishiga mas’uliyatsiz otaning bu qilmishi sabab bo‘ldi.

Ota bo‘lish oson, otalik qilish qiyin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: 28 oylik aliment to‘lovidan qochgan oqoltinlik otaga chora ko‘rildi