00:05 / 20.08.2020
1 628

Bekobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga olindi

Bekobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga olindi
Toshkent viloyati Bekobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tuman ichki ishlar bo‘limi rahbari o‘rinbosari 5000 AQSH dollari miqdorida pora olayotganida ushlangan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, IIB boshlig‘i qidiruvdagi ish bo‘yicha qidiruvdagi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirishni aytib, 5000 dollar olmoqchi bo‘lgan.

Ayni damda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotgani aytiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)