19:38 / 20.08.2020
4 700

Fuqaro Hurram B.ning qo‘lga olinganligi haqida tezkor xabar

Fuqaro Hurram B.ning qo‘lga olinganligi haqida tezkor xabar
Internet tarmog‘ida Qozog‘iston Respublikasi hududida go‘yoki jinoyat sodir etganlikda asossiz ayblanayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 59 yoshli Berdiyev Hurram Xasanovichning qo‘lga olinganligi haqida xabarlar tarqamoqda.

Mazkur fakt bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. 2013 yilning oxirida Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga fuqaro E.E. va F.P.lardan kelib tushgan arizada mazkur fuqarolar 2013 yilning avgust oyining oxirida ularga Chimkent shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) katta maosh to‘lanadigan ish taklif qilgan bir guruh shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘radilar. Jabrlanuvchilarga qonuniy ishga joylashish va’da qilingan. O‘sha yilning o‘zida o‘zlarini “Mustaqil mardikorlar tashkiloti” vakillari sifatida tanishtirgan shaxslar E.E. va F.P.larni Chimkent shahriga olib ketishgan. Chimkentga yetib borgach, ularning pasportlarini olib qo‘yishgan va qurilishda ishlashga majbur qilib, va’da qilingan maoshni to‘lashmagan.

2013 yilning 19 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jabrlanuvchilarning arizalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi (“Odam savdosi”) “b” bandi 2 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi shaxslar aniqlandilar. Ular surxandaryolik 1961 yilda tug‘ilgan Berdiyev Hurram, Djumaniyazov N. R. va Tillayev F. X. bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Djumaniyazov N. R. va Tillayev F. X. lar jinoiy javobgarlikka tortilib, mahkum etildilar. Berdiyev Hurram esa 2014 yilning yanvar oyida qidiruvga e’lon qilindi.

2020 yilning fevral oyida Berdiyev Hurramning turar joyi aniqlandi va Qozog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida qo‘lga olindi. 17 avgust kuni, karantin cheklovlari qisma bekor qilingach, Berdiyev Hurram qonuniy chora ko‘rilishi uchun O‘zbekistonga etap qildirildi. Shuningdek ma’lum qilamizki, Berdiyev Hurram O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi “g” bandi 3 qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Unga qarshi boshqa hech qanday ayblov ko‘zda tutilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro Hurram B.ning qo‘lga olinganligi haqida tezkor xabar