3 252
Qo‘qonda yo‘lovchilari isiriq tutatib yurgan yuk mashinasi haydovchisi jarimaga tortildi
Foto: O‘zA
18 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahri ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiyasi qilinayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha izoh bergandi.
Izohga ko‘ra, Qo‘qon shahar «Toza hudud» DUK tomonidan berilgan ma’lumot bo‘yicha korxona xodimlari shahar va shahar atrofidagi maishiy chiqindilarni yig‘ib olishlari davomida maishiy chiqindilar bilan birga olingan cho‘g‘langan isiriq qoldiqlarini o‘chirish maqsadida avtomashina harakatlanayotganda bir-biriga hazil qilib, o‘ynashib, o‘zlarini ko‘rsatish uchun isiriq to‘liq yonib tugaguncha yo‘l-yo‘lakay tutatib ketgan.
O‘zAning xabar berishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqaramasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan va Qo‘qon shahar «Toza hudud» DUKga qarashli mashina haydovchisiga qoidabuzarlik uchun jarima belgilangan.
Farg‘ona IIB YHXB ma’lumoti bo‘yicha haydovchi yo‘l harakati qoidalarining 156-bandini buzib, odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida yo‘lovchi tashigan va unga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziriligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatov (hozirda agentlik direktori o‘rinbosari) koronavirusdan himoyalanish uchun uy sharoitida isiriqdan ko‘proq foydalanishni tavsiya qilgandi. Oliy Majlis Senatining fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tgan ikkinchi yalpi majlisida tashrif buyuruvchilarning isitmasi bor-yo‘qligi teplovizorlar yordamida tekshirilgani, kirish joyida qo‘riqchilardan biri isiriq tutatgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi