19:12 / 22.08.2020
3 035

Mahkumlar jazodan ozod etildi

Mahkumlar jazodan ozod etildi
Ayni damda butun xalqimiz vatanimiz mustaqilligining 29-yilligini nishonlash uchun katta hozirlik ko‘rmoqda.
Bayram arafasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan joriy yilning 20 avgust kuni Qiziltepa shahrida joylashgan 5-son jazoni ijro etish koloniyasida sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

Sayyor sudda jazoni o‘tash vaqtida o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, o‘z qilmishini anglab yetgan, 9 nafar mahkumlar jazodan ozod qilindi. 7 nafari jazosi yengil jazoga almashtirildi. 9 nafar mahkum vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘z oilalari bag‘riga qaytarildi.

Xalqimizning azaliy kechirimlilik va mehr-muruvvat ko‘rsatish fazilatlari amalda o‘z isbotini topmoqda. Shuningdek, sayyor sud jarayonida insonparvarlik prinsipiga asosan 72 nafar mahkumlarning koloniya turi (jazoni ijro etish tartibi) yengillashtirildi. Ushbu sayyor sud jarayoni vatanimiz mustaqilligining 29 yilligiga zo‘r tuhfa bo‘ldi.

Sud birinchi navbatda xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilish uchun qonunchiligimizda belgilab qo‘yilgan insonparvarlik tamoyiliga tayanmoqda.
Asosiy maqsad sud tizimida insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish ekanligini yodda tutishimiz kerak.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Konimex tuman sudi raisi
F.Qahorov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahkumlar jazodan ozod etildi