20:10 / 22.08.2020
1 108

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni shaxsiy kabinet (abitur.dtm.uz)laridan olishlari mumkin.
Abituriyentlardan ruxsatnomalarni avgust oyi yakuniga qadar yuklab olib, chop etib olishlari so‘raladi.

Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.
«Abituriyent ruxsatnomasi» test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.
Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)