06:30 / 23.08.2020
2 090

Mediatsiya nizoni hal etishning oson yo‘li

Mediatsiya nizoni hal etishning oson yo‘li
Ayni shu mavzuda Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 21 avgust kuni huquqshunos mutaxassislar, mediatorlar, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida ZOOM dasturi orqali onlayn press konferensiya o‘tkazildi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, rivojlangan xorijiy mamlakatlar huquqiy tizimida nizolarni sudgacha hal qilishga qaratilgan mediatsiya – yarashtiruv institutining o‘rni alohidadir.

Hozirgi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar jadal rivojlanib borar ekan, sub’ektlar o‘rtasida turli nizolar vujudga kelishi muqarrar. Shu sababli huquq tizimida mediatsiya, ya’ni nizolarni sudgacha hal qilish tizimini rivojlantirish har qachongidan ham muhim.

Bo‘lib o‘tgan video muloqotning asosiy maqsadi ham nizolarni muqobil hal etishning samarali mexanizmlarini joriy etilishi fuqarolar uchun qanday afzalliklar berishini keng aholi qatlamiga yetkazishdan iborat.

Onlayn muloqotda Prezidentning “Nizolarni muqobil hal etishning samarali mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida haqida ham so‘z yuritildi.

Mediatsiyaning huquqiy asoslari, Nizolarni muqobil hal etishda Appelyatsiya kengashilarining o‘rni, mediatsiya sohasidagi yangiliklar, muammolar va xorijiy tajribalar xususida fikrlar almashildi.

Konferensiyada mutaxassislar tomonidan fuqarolar uchun qiziq bo‘lgan bir qator savollarga ham javob berildi.
Jumladan, mediatsiya - taraflar o‘rtasida kelib chiqqan nizo bo‘yicha o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli ekanligi, mediator esa mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs hisoblanishi, mediatorlik faoliyati 2 usulda professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi hamda mediator taraflar oldida yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘lishiga oid ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, muloqotda mediator faoliyati haq evaziga yoki bepul amalga oshirilishi mumkinligi haqida ham ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, konferensiyada bugungi kunda mamlakatimizda 76 nafar mediator o‘qitilganligi, shulardan 31 nafari professional mediatorlar sifatida faoliyat yuritayotganligi hamda joriy yilning 1 avgustidan boshlab ayrim davlat organlari huzurida Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari o‘z ishini boshlaganligi bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

Muloqot so‘nggida mediator sifatida jurnalist va blogerlar ham faoliyat yuritish istagi borligini bildirishdi. Kelgusida maxsus o‘quv kurslari tashkil etgan holda ularni ham o‘qitish mumkinligi aytib o‘tildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan alqoalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mediatsiya nizoni hal etishning oson yo‘li